Missiyamiz
Biz
haqimizda
Maqsadli tayyorgarlik, doimiy nazorat va real natija uchun zamonaviy ta’lim markazi.
Vizyonimiz
G‘uzordagi eng ishonchli, nazoratli va natijador ta’lim markazlaridan biri bo‘lib, har bir o‘quvchining maqsadiga yetishiga ko‘maklashish.
Biz nimaga ishonamiz?
Qadriyatlarimiz
Halollik
Har bir o‘quvchi oldidagi mas’uliyatimizni halollik, adolat va ochiqlik bilan bajarishga ishonamiz.
Amaliyot
Nazariya amaliy mashg‘ulot va muntazam testlar bilan mustahkamlangandagina haqiqiy bilimga aylanadi.
G‘amxo‘rlik
Har bir o‘quvchining shaxsiy rivoji, davomat va natijasi biz uchun muhim.
Innovatsiya
Zamonaviy platformalar, tahlil va nazorat vositalari bilan ta’lim sifatini doimiy yaxshilaymiz.
PrimeZiyo tizimi
Nazorat qilinadigan ta’lim, o‘lchanadigan natija
TimeFast davomat nazorati
Har bir o‘quvchining kelib-ketishi TimeFast platformasi orqali to‘liq qayd etiladi va nazorat qilinadi.
TestFast tahlil tizimi
G‘uzordagi DTM testlarini tahlil qiluvchi TestFast tizimi orqali o‘quvchi bilimini aniq baholaymiz.
To‘liq dars nazorati
Har bir xona kamera nazoratida. O‘quv bo‘limi dars jarayoni va sifatini muntazam kuzatib boradi.
Natijaga yo‘naltirilgan ta’lim
O‘quvchilarni oliy ta’limga puxta tayyorlaymiz va bilimini tasdiqlovchi sertifikatga yo‘naltiramiz.